Sizlarni Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati nomidan 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Sizlarning mashaqqatli va sharafli mehnatingiz, yosh avlodga berayotgan bilim va tarbiyangiz, kelajak bunyodkorlarini kamol toptirish yo‘lidagi fidoyiligingiz har qanday e’tirofga munosibdir. Har bir shogirdning yutug‘i va kamoli zamirida sizning zahmatingiz, sabringiz va mehringiz mujassam.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Qalb qo‘ringiz bilan ta’lim berayotgan shogirdlaringizning yutuqlari, hurmati va ehtiromi hamisha sizga kuch va ilhom bag‘ishlasin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar va murabbiylar! 🌷