Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati B.Misratullayev Buyuk ipak yo‘li mahallasi binosida fuqarolar murojaatlarini qabul qildi.

#Paxtakor_tumani
#24_ta_muhim_yonalish
#ish_reja_ijrosi

❗️Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati B.Misratullayev Buyuk ipak yo‘li mahallasi binosida fuqarolar murojaatlarini qabul qildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalar, xususan, ko‘p qavatli uylardagi mavjud muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Jumladan, uy-joylarning texnik holati, umumiy foydalanish joylarini ta’mirlash, obodonlashtirish va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Deputat murojaatlarni tinglab, ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganish hamda ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishini ta’kidladi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 1