Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi deputati, ijtimoiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya aʼzosi Fotima Otaxonovna rahbarligida tuman xotin-qizlar va oila bo‘limi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Tuproqqalʼa tuman bo‘linmasi hamda tuman hokimligi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan “Muhabbat” mahallasida aholining mavjud muammo, murojaat va takliflari o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqarolarning maʼnaviy-maʼrifiy ehtiyojlari, oilaviy va ijtimoiy masalalari yuzasidan fikr almashilib, aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha zarur tavsiya va takliflar berildi.
Bunday sayyor o‘rganishlar aholiga yaqin bo‘lish, muammolarni bevosita joyida aniqlash va amaliy ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan.