#deputatlik_faoliyati #ustoz_va_murabbiylar_kuni #bayram
1-OKTABR — O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI
🖥 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Uchtepa tumani hokimligi tomonidan ta’lim-tarbiya sohasida uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilib kelayotgan ustoz va murabbiylar uchun “Karomat” restoranida bayramona madaniy tadbir tashkil etildi.
🇺🇿 Tadbirda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhamov, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari Anvar Usmanov, Sanjar Djalalov hamda Kamolitdin Azizovlar ishtirok etib, ustoz va murabbiylarni qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etdilar.
📇 Bayram tadbirida Uchtepa tumanida ko‘p yillar davomida sharafli va mas’uliyatli kasbni sidqidildan bajarib, minglab yosh avlod vakillariga ta’lim va tarbiya berib kelayotgan faxriy ustozlar, tajribali pedagoglar, o‘qituvchi va murabbiylar jam bo‘ldilar.
✅ Tadbir davomida ustozlarning jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni, yosh avlodni bilimli, vatanparvar, ma’naviy yetuk va komil insonlar etib tarbiyalashdagi ulkan xizmatlari alohida e’tirof etildi. Zero, har bir insonning hayot yo‘lida uning qalbida o‘chmas iz qoldirgan, bilim va tarbiyasi bilan kelajagiga yo‘l ko‘rsatgan ustozning o‘rni beqiyosdir.
🎓 Deputatlar ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan yig'ilganlarni samimiy tabriklashdi.
✨ Ustozlik — nafaqat kasb, balki yuksak mas’uliyat, katta fidoyilik va qalb amriga aylangan ulug‘ missiyadir. Siz bergan bilim, ko‘rsatgan yo‘l va singdirgan ezgu fazilatlar shogirdlaringiz hayotida hamisha o‘z aksini topadi. Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, uzoq umr, qalblariga doimo quvonch va ilhom tiladilar.