#162_ta_qonun
#PF_193_son_Farmon_ijrosi
📌 Mahallada aholi farovonligi va bandlik masalalari o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi partiya guruhi deputatlari M.Madarqulov, L.Hakimova va N.Saidovalar tomonidan “Boybuloq” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔍 O‘rganish davomida mahalladagi mavjud holat quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil qilindi:
🔹 barqaror ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash;
🔹 aholining doimiy daromad manbalarini kengaytirish;
🔹 kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish;
🔹 kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish;
🔹 kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
🔹 amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini ta’minlash.
📊 O‘rganish jarayonida mavjud muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tegishli takliflar shakllantirildi.
🇺🇿 Aholi farovonligini oshirish va mahallalarda barqaror daromad manbalarini yaratish — ustuvor vazifadir.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube