Янгиликлар

Hududdagi bandlik manbalari samaradorligi o‘rganildi

 Hududdagi bandlik manbalari samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri hamda bosh mutaxassislar tomonidan mahallaga qarashli hududda yo‘lga qo‘yilgan chevarlik faoliyati joyida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur faoliyat orqali yoshlar bandligini ta’minlash, ularning daromad manbalarini shakllantirish hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi.

Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlari, mehnat sharoitlari va mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yakunda mavjud salohiyatdan samarali foydalanish, faoliyat ko‘lamini kengaytirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish orqali bandlikni yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5