Янгиликлар

🍂 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — bolajonlarimiz xavfsizligi va qulayligi garovi!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I.Qodirova tomonidan “O‘rikzor” mahallasida joylashgan 24-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumida isitish tizimining holati ko‘zdan kechirildi.

🔎 O‘rganish davomida isitish tizimining sozligi, mavjud sharoitlar hamda mavsumni betalafot o‘tkazish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

👧🏻👦🏻 Zero, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun iliq, xavfsiz va qulay muhit yaratish — ustuvor vazifalardan biridir.

🤝 Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar aholi, ayniqsa, yosh avlod manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4