Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

19¹-modda
🛣 Ichki yo‘llar holati va ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 25-“Tallashqon” saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan “Bog‘iobod” mahallasida Sherobod tuman “Yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasi tomonidan olib borilayotgan yo‘l ta’mirlash ishlari o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida yo‘l ta’mirlash ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan talablar asosida amalga oshirilayotgani ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yo‘lni aholiga qulay va xavfsiz holatga keltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Mas’ullarga ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🤝 Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganish ishlari hududdagi yo‘l infratuzilmasi obyektlarida izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5