Янгиликлар

Chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi

Chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov, tuman Kengashi kotibyati bosh mutaxassisi Sh.Eshovlar tomonidan hududda sanitariya-obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish, aholi yashash manzillaridan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilishini ta’minlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hududdagi chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish holati ko‘zdan kechirilib, maishiy chiqindilarni belgilangan grafik asosida olib chiqish ishlari tashkil etilgani o‘rganildi.

Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, hududlarda sanitariya holatini barqaror saqlash hamda aholi uchun qulay va toza muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida chiqindilarni olib chiqish maxsus transport vositalari tomonidan belgilangan jadval asosida amalga oshirilayotgani qayd etildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3