Янгиликлар

Ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Farg‘ona vloyati Kengashi deputati M.Xurboyev, tuman Kengashi deputati G‘.Ermatov, tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘.Abdullayev hamda tuman hokimi X.Isaqov bilan birgalikda “Ultarma” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida navbatdagi ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida “Chekbozor” ko‘chasida yashovchi fuqaro A.Yo‘ldashev tomonidan ko‘chadagi elektr ta’minotini yaxshilash, xususan, eskirgan yog‘och elektr tayanchlarini zamonaviy beton tayanchlarga almashtirish yuzasidan murojaat bildirildi.

Mazkur murojaatni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda masalani ijobiy hal etish choralarini ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5