Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
19¹-modda
📌 25-son DMTTda yaratilgan sharoitlar va tarbiyachilar faoliyati o‘rganildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi partiya guruhi deputatlari M.Madarqulov, S.Abdulaxatova va N.Saidovalar tomonidan “Xo‘jaqiya 1” mahalla hududida joylashgan 25-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

🔍 O‘rganish davomida tarbiyalanuvchi bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning ta’lim-tarbiya olishi uchun mavjud imkoniyatlar hamda tarbiyachilarning ish faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

👧🏻👦🏻 Shuningdek, bolalarning xavfsizligi, sog‘lom va qulay muhitda tarbiyalanishi, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi hamda tarbiyachilarning o‘z vazifalarini mas’uliyat bilan bajarishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📋 O‘rganish yakunida mavjud holat yuzasidan tegishli xulosa va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram

Slide 1 of 5