Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “17-Samandarak” saylov okrugi deputati I.Axmedov tuman hokimi bilan birgalikda “Samandarak” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilayotgan “Temirchilik sanoat zonasi”da olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Mazkur loyiha doirasida 5 gektar maydonda 70 ta lot tashkil etilishi va ularni mahallada faoliyat yuritayotgan usta-hunarmandlarga auksion orqali ajratish rejalashtirilgan.
Bugungi kunga qadar 100 ga yaqin tadbirkor loyiha doirasida faoliyat yuritish istagini bildirgan. Shundan 12 ta loyiha auksionga chiqarilgan, 10 ta obyektida esa qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.
🔹 Sanoat zonasi to‘liq ishga tushirilgach, yangi ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etilib, 280 ta doimiy ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.
🔹 Loyihani rivojlantirishning keyingi bosqichida 2027-yilda sanoat zonasini yana 5 gektarga kengaytirish, shuningdek, tayyor mahsulotlarni sotish uchun 18 ta maxsus savdo do‘koni tashkil etish rejalashtirilgan.
🔹 Loyiha to‘liq amalga oshirilishi natijasida 2026–2027-yillarda beshta mahallada istiqomat qiluvchi 800 nafarga yaqin fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi.
O‘rganish davomida sanoat zonasida faoliyat yuritadigan ishchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, jumladan, oshxona, maishiy binolar va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.