Янгиликлар

Mahalla faoliyati o‘rganildi


Mahalla faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 21-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputati Sh.Mirzaqulov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasida mahalla faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 117-son “Mahalla institutining yanada samarali faoliyat yuritishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablari asosida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

Jumladan, mahalla faollarining aholi bilan ishlashi, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, hududdagi ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni hal etish borasidagi faoliyati ko‘zdan kechirildi.