Янгиликлар

FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI

FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 525-son qarori bilan tasdiqlangan nizomlar talablari asosida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hududiy komissiya faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida deputatlar tomonidan:
▪️ hududda favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar;
▪️ xavf omillarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish choralari;
▪️ favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holati;
▪️ mavjud moddiy va moliyaviy zaxiralar;
▪️ favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor harakat qilish va oqibatlarini bartaraf etish imkoniyatlari;
▪️ mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik holati
o‘rganib chiqildi.
📋 Shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi va hududlarni muhofaza qilish, mavjud xavf-xatarlarni kamaytirish hamda zarur moddiy-texnik zaxiralarni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
⚠️ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratiga olindi.
🤝 Deputatlik nazorati — hudud xavfsizligini ta’minlash, mavjud xavflarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan muhim mexanizmdir.

Slide 1 of 2