Янгиликлар

Saylov okruglarida 24 та масала бўйича 64 ta manzilli o‘rganish o‘tkazildi

 Saylov okruglarida 24 та масала бўйича  64 ta manzilli o‘rganish o‘tkazildi 

Hafta davomida Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglarida 64 ta manzilli o‘rganish amalga oshirildi. 

O‘rganishlar davomida fuqarolar murojaatlari tinglanib, hududlardagi infratuzilma, ichimlik suvi, elektr ta'minoti, yo‘l, reklama, yer munosabatlari hamda boshqa dolzarb masalalar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan muammolar "Deputat daftari"ga kiritilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va deputatlik so‘rovlari yuborish bo‘yicha ishlar boshlandi.