Янгиликлар

HAFTALIK ISH REJA IJROSI: 14-18-sentyabr

 HAFTALIK ISH REJA IJROSI: 14-18-sentyabr
✏️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi tomonidan 14-18-sentyabr kunlari davomida deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tizimli o‘rganishlar va nazorat tadbirlari tashkil etildi.
🖥14-sentyabr
📌▫️ Reglament va odob-axloq komissiyasi a’zolari tomonidan deputat faoliyatiga oid 24 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha tavsiyalar ijrosi o‘rganildi.
👤 Mas’ul: Kotibiyat mudiri F.Xolmuratova
🖥15-sentyabr
📌▫️ Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan 24 ta tavsiya ijrosi o‘rganildi.
📌▫️   Davlat ta’lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori ijrosi (2019 yil 1 fevral, 78-son) o'rganildi.
👤 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi V.Ruziyev
🖥16-sentyabr
📌▫️ Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan 24 ta tavsiya ijrosi o‘rganildi.
📌▫️ «Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori ijrosi (2018 yil 22 oktyabr, 848-son) o'rganildi.
👤 Mas’ul: Kotibiyat mudiri va bosh mutaxassislar
🖥 17-sentyabr
📌▫️ Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan 24 ta tavsiya ijrosi o'rganildi.
📌▫️ Davlat mablag‘lari hisobidan band bo‘lmagan aholiga berilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa to‘lovlarning maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriijrosi ( 2021 yil 20 aprel, 225-son) o‘rganildi.
👤 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi E.Turayev
🖥 18-sentyabr
📌▫️ Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan 24 ta tavsiya ijrosi o‘rganildi.
📌▫️ O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori ijrosi(2021 yil 12 aprel, 202-son) o'rganildi.
📱👤 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi V.Ruziyev
📈📊 Maqsad — qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimini nazoratga olish va deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish.
✔️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi — xalq manfaatlari yo‘lida!
🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️