Янгиликлар

🔰Murojaat ijrosi amalda.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari V. Isakov va B. Toshpo‘latovlar tomonidan ana shunday dolzarb murojaatlardan biri ijobiy hal etildi. Shahardagi “Tinchlik” MFY, “Adolatkent” ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan ichimlik suvi taʼminotidagi uzilishlar va mavjud muammolar yuzasidan qilingan murojaat deputatlar tomonidan alohida nazoratga olindi.

🔸Deputatlar masʼul tashkilotlar va soha mutaxassislarini jalb etgan holda, suv taʼminotidagi texnik nosozliklar va tizimli muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rdilar. Ko‘rilgan tezkor va amaliy harakatlar natijasida aholining ichimlik suvi masalasidagi murojaati joyida ijobiy hal etildi va hududga toza ichimlik suvi yetkazib berilishi qayta tiklandi.

Bizni kuzatib boring:👇

🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook

Slide 1 of 4