Янгиликлар

“YASHIL MAKON” DOIRASIDAGI ISHLAR DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanda amalga oshirilgan ishlar masalasi ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda hududlarda daraxt va manzarali ko‘chatlar ekish, yashil maydonlarni kengaytirish, ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash hamda ularning saqlanishini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, “Yashil makon” loyihasi doirasida belgilangan vazifalarning ijrosi, hududlarda ko‘kalamzorlashtirish ishlarining holati hamda mavjud muammolar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport bo‘yicha doimiy komissiyasi

Slide 1 of 2