Fuqarolar murojaati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 18-“Yangi turmush” saylov okrugi deputati Yuldosheva Sevara tomonidan Yangi turmush mahallasi yettiligi faolyati quydagicha tahlil etildi.
Yoshlar yetakchisi faoliyati doirasida fuqarolarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu doirada fuqaro Abdusattorov Jasurning oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida kredit olish bo‘yicha murojaati o‘rganildi.
Murojaatda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit mablag‘laridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Mazkur jarayonda yoshlarning bandligini ta’minlash va daromad manbalarini yaratishga ko‘maklashish asosiy maqsad etib belgilandi.