Янгиликлар

SESSIYAOLDI O‘RGANISH: 56-MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati S.Nurmamatova tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati masalasi yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish ishlari olib borildi.

📍 Shu doirada 56-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktabning isitish tizimi, mavjud isitish qurilmalarining sozligi, yoqilg‘i zaxirasi hamda mavsumga tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

🪨 Bugungi holatga ko‘ra, maktabda 32 tonna ko‘mir zaxirasi yaratilgan. Shuningdek, isitish tizimida avval aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilganligi ham o‘rganilib, tizimning kuz-qish mavsumida barqaror ishlashiga tayyorgarlik holati baholandi.

Slide 1 of 4