Янгиликлар

Kotib

Axmedova Gulchexra Uralovna

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining Qurilish, kommunal sohalar, agrar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi

ENERGETIKA VA KOMMUNAL SOHA OBYEKTLARIDA AVARIYALARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA O‘QUV-AMALIY MASHQ O‘TKAZILDI

Mirzo Ulug‘bek tumani Qorasuv podstansiyasida kuz-qish mavsumida energetika va kommunal soha obyektlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalar hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha o‘quv-amaliy taktik mashq o‘tkazildi.

Mashq davomida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda mas’ul xizmatlarning hamkorlikda harakat qilishi, avariyalarni tezkor bartaraf etish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda energetika va kommunal infratuzilmaning barqaror ishlashini tiklash bo‘yicha amaliy harakatlar sinovdan o‘tkazildi.

Tadbir davomida mas’ul xodimlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasi va tezkor harakatlanish ko‘nikmalari ham baholandi. 

Slide 1 of 6