Янгиликлар

🌍 IJTIMOIY REYESTRDAGI XORIJDA MEHNAT FAOLIYATINI OLIB BORAYOTGAN FUQAROLAR OILALARI O‘RGANILDI

📍 Shovot mahallasida xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarning Ijtimoiy reyestrda turgan oila a’zolari bilan o‘rganish ishlari olib borildi.
🤝 O‘rganishda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, 8-Shovot saylov okrugi deputati, “Adolat” SDP a’zosi Yusupova Feruza Shuxratovna, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov hamda Shovot mahallasi xotin-qizlar faoli N. Allazarova ishtirok etdi.
👨‍👩‍👧‍👦 O‘rganish davomida oilalarning ijtimoiy va maishiy sharoiti, mavjud ehtiyojlari hamda muammolari ko‘rib chiqildi.
📋 Shuningdek, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarini aniqlash va zarur hollarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.