Янгиликлар

🏠 DAVLAT TA’MINOTIDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI

📍 Shovot mahallasi Hunarmand ko‘chasida davlat ta’minotida bo‘lgan oilaning ijtimoiy va maishiy sharoiti o‘rganildi.
🤝 O‘rganishda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, 8-Shovot saylov okrugi deputati, “Adolat” SDP a’zosi Yusupova Feruza Shuxratovna, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov hamda Shovot mahallasi xotin-qizlar faoli N. Allazarova ishtirok etdi.
👨‍👩‍👧‍👦 O‘rganish davomida oilaning ijtimoiy sharoiti, ehtiyojlari va mavjud muammolari joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi.
📋 Shuningdek, oilani ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarini aniqlash va zarur hollarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.
🤝 Davlat ta’minotidagi oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini manzilli o‘rganish ishlari deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.