Янгиликлар

Yoshlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi

Yoshlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida qonunbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini ta’minlash maqsadida huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida yoshlarga qonunlarga rioya qilish, huquq va majburiyatlarini bilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda turli salbiy ta’sirlardan yiroq bo‘lish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni ta’lim, kasb-hunar va foydali mashg‘ulotlarga jalb etish orqali huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Yoshlar bilan bunday profilaktik va ma’rifiy tadbirlar muntazam davom ettiriladi.