Янгиликлар

Kengash_faoliyati

#24_ta_masala

Ijtimoiy hodim faoliyati oʻrganildi

✅Bandixon tumanida aholiga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimining mahallalardagi samaradorligini oshirish, ehtiyojmand fuqarolar huquqlarini ta’minlash borasida izchil deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

✅⏺Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 7-“chinor” saylov okrugi deputat U.Jumayev okrugiga qarashli "Chinor" mahallasida , tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar tashrif buyurib, ijtimoiy xodimning faoliyatini o‘rgandi.

✅Monitoring davomida ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bor shaxslarga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘maklar, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tezkorligi hamda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlik holati atroflicha ko‘rib chiqildi.

✅O‘rganishlar yakunida ehtiyojmand xonadonlarni aniqlashda manzillilikni ta’minlash, nogironligi bor fuqarolarning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha mas’ul xodimga tegishli amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1