Янгиликлар

#munosabat

🔰#munosabat

⚡️Energetika tizimining barqaror va istiqbolli rivojlanishi mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti hamda aholi farovonligi uchun muhim ahamiyatga ega.
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan elektr energetikasini rivojlantirish, yangi generatsiya quvvatlarini yaratish, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va energiya saqlash tizimlarini kengaytirishga qaratilgan vazifalar sohaga uzoq muddatli va tizimli yondashuvni ta’minlaydi.
⚡️Ayniqsa, energetika loyihalarini hududlar va iqtisodiyotning istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib rejalashtirish, investitsiya loyihalarini ochiq va raqobatli asosda amalga oshirish hamda har bir tashkilotning mas’uliyatini aniq belgilash muhimdir.
⚡️Deputat sifatida hududimizda elektr ta’minoti barqarorligini mustahkamlash, mavjud tarmoqlar holatini yaxshilash va aholining energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish masalalarini deputatlik nazorati doirasida doimiy e’tiborda tutamiz.
⚡️Energetika sohasidagi ushbu islohotlar joylarda ham izchil amalga oshirilishi, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun barqaror elektr ta’minotini ta’minlashga xizmat qilishi muhim.

Ortiq SHerov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,


🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt