Янгиликлар

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

#24_ta_muhim_masala
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Feruzaxon Omonova tomonidan Farg‘ona MFY hududida joylashgan 48-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumini barqaror va xavfsiz o‘tkazishga tayyorgarligi, xususan, isitish tizimlarining texnik holati, mavjud muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, deraza va eshiklarning issiqlikni saqlash holati hamda zarur yoqilg‘i va boshqa resurslar bilan ta’minlanganligi ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini to‘liq yakunlash hamda ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun munosib sharoitlarni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 3