Янгиликлар

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Raimdjanov oʻziga biriktirilgan tashkilot, Marg‘ilon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i Z.Mirzayevga rasmiy so‘rov yubordi.

So‘rov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-son “Soliq organlari faoliyatini institutsional jihatdan takomillashtirish va soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi bilan bog‘liq.

Farmon soliq ma’muriyatchiligini zamonaviylashtirish, soliq siyosatini takomillashtirish, soliq organlarini institutsional o‘zgartirish, soliqlar yig‘iluvchanligini oshirish, soliq nazorati samaradorligini kuchaytirish va soliq to‘lovchilarga xizmat sifatini yaxshilashni maqsad qilgan.

Deputat quyidagilar bo‘yicha asoslantirilgan ma’lumot berishni so‘ragan:
🔹 Marg‘ilon shahrida joriy yilning 1-sentabriga qadar amalga oshirilgan ishlar;
🔹 2027-yil 1-yanvarga qadar rejalashtirilgan chora-tadbirlar.

Slide 1 of 1