Янгиликлар

Dehqon bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov tumanning markaziy dehqon bozorining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish holati, bozordagi narx-navo barqarorligi hamda mahsulotlar zaxirasi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🟢O‘rganish davomida bozorda savdoga qo‘yilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, kundalik iste’molda keng foydalaniladigan mahsulotlarning mavjudligi va zaxira holati ko‘rib chiqildi. Monitoring natijasiga ko‘ra, bozorda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetarli miqdorda mavjud bo‘lib, ularning zaxiralari shakllantirilgan. Savdo rastalarida mahsulotlar ta’minotida uzilishlar kuzatilmagan.

🟢Shuningdek, mahsulotlarning amaldagi narxlari ham o‘rganilib, narx-navo barqaror holatda ekani aniqlandi. Aholi uchun zarur bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha keskin yoki asossiz narx o‘zgarishlari kuzatilmadi.

🟢Deputat tomonidan bozorda mahsulotlar zaxirasini muntazam to‘ldirib borish, aholi talabidan kelib chiqqan holda zarur mahsulotlar ta’minotini uzluksiz ta’minlash hamda narxlar barqarorligini saqlash yuzasidan zaruriy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3