Янгиликлар

Sport vaziri o‘rinbosari Andijon Olimpiya va Paralimpiya markazidagi ishlar bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Avaz Karimov hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati R. Ahmadulin Andijon Olimpiya va Paralimpiya markazida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida sport inshootlaridagi qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sportchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish, markaz infratuzilmasini rivojlantirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mas’ullarga qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli davom ettirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2