Янгиликлар

QABUL IMTIHONLARI DEPUTAT NAZORATIDA

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlari doirasida ta’lim jarayonlariga e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori Dilafruz Qurbonova ishtirokida 2026/2027-o‘quv yili uchun “Sport faoliyati” mutaxassisligiga qabul bo‘yicha yozma va ijodiy imtihonlar tashkil etildi.

Imtihon jarayonlarida talabgorlar uchun zarur sharoitlar yaratilishi, sinovlarning belgilangan tartibda va shaffof o‘tkazilishiga e’tibor qaratildi.

Deputatlik faoliyati doirasida yoshlarning ta’lim olishi va kasbiy tayyorgarligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1