Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta Tavsiya asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov Andijon shahridagi “Yuksalish” MFY yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida mahallada yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarni turli loyihalarga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.