Янгиликлар

YOSHLAR MUROJAATLARI E’TIBORDA

Andijon shahar hokimi, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati E.Karimov tomonidan navbatdagi yoshlar qabuli o‘tkazildi.

“Payshanba — yoshlar kuni” doirasida “Temur Malik” MFY hududidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan qabulda 15 nafardan ziyod yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Uchrashuvda yoshlarning kredit, kontrakt to‘lovi, davolanish, ijtimoiy yordam, bandlik va ishga joylashish bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi.

Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 4