Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon shahar Markaziy dehqon bozori AJ rahbari Maxsudbek Umarov “Al-Buxoriy” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha fikr almashildi.
Xususan:
- ishsiz yoshlarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish;
- tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish;
- kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.