Янгиликлар

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Ravshan Umarov “Mirzakalon Ismoiliy” va “Asaka” mahallalari hududlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Qariyb 1,5 kilometr uzunlikda bo‘lgan zamonaviy dam olish maskani hududi Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi binosi oldidan boshlanib, Markaziy istirohat bog‘igacha davom etadi.

✔️Loyiha doirasida mavjud daraxtlar va yashil hududlar saqlab qolinib, tartibga keltiriladi. Kanal bo‘yidagi binolar xatlovdan o‘tkazilib, noqonuniy egallangan hududlar tartibga solinadi.

✔️Shuningdek, piyodalar va veloyo‘laklar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus yo‘laklar, o‘rindiq va ayvonchalar, bolalar hamda workout maydonchalari tashkil etiladi.

Slide 1 of 2