Янгиликлар

🚶 KO‘CHA BOSHLARI BILAN BIRGALIKDA BUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi, 2-Boyrachi saylov okrugi deputati Ollamov G‘ayrat Ollamovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan Bog‘bon MFY ko‘cha boshisi Z. Abdullayev bilan birgalikda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganildi.
🚧 O‘rganish davomida Bog‘zor ko‘chasidagi piyodalar yo‘lakchasini qurish va ta’mirlash ishlari, shuningdek, ushbu ishlar uchun ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi holati ko‘rib chiqildi.
🔎 Amalga oshirilayotgan ishlarning holati, bajarilish sifati hamda belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.