35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Bog‘larning obodonlashtirish holati o‘rganildi

 Bog‘larning obodonlashtirish holati o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikova hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘rta Chirchiq tuman Kengashi raisi M.Umarova tomonidan hududdagi bog‘larning holati o‘rganildi.

🌿 O‘rganish davomida bog‘larning obodonlashtirilganlik darajasi, hududlarning tozaligi, yashil maydonlarni saqlash va parvarishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🌱 Yashil hududlarni asrab-avaylash, ularni yanada ko‘kalamzorlashtirish va aholiga qulay dam olish maskanlarini yaratish atrof-muhitni muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega.

🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bog‘larni obodonlashtirish va hududlarda tozalikni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2