35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Sessiya_oldi_o'rganish
#Kotibiyat_mudir_ish_rejasi
🏘 XONADONBAY O‘RGANISH: AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH E’TIBORDA


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 25-“Tallashqon” saylov okrugi deputati, Kengash Kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan “Boyqishloq” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.

🤝 O‘rganishlar davomida xonadonlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, mavjud muammolari hamda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish imkoniyatlari o‘rganildi.

📌 Shuningdek, aholining bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va daromadlarini oshirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🔹 Xonadonbay ishlash — har bir oilaning muammosini manzilli o‘rganish va ularning farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 2