Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan Z.Esirgapova hududdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan kutubxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🔎 O`rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-apreldagi “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-280-son Qonuni ijrosi holati o‘rganildi.
📖 Jumladan, maktab kutubxonalarining moddiy-texnik holati, kitob fondi, o‘quvchilarga ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
🌱 Bugungi kitobxon bola — ertangi bilimli va ma’rifatli jamiyat bunyodkori!
📖 Zero, kitob o‘qigan avlod — fikrlaydigan, bilimli va kelajakka dadil qadam qo‘yadigan avloddir.