35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “13-Muqimiy” saylov okrugi deputati R.Yegitaliyev hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Jabborovlar bilan birgalikda “Muqimiy” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengashning 2026-yil 6-iyundagi VII-23-42-11-152-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

❇️ Mazkur qarorga asosan, “Muqimiy” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Kumushtola” ko‘chasining 400 metr qismini asfaltlash belgilangan.

❇️ Hozirgi kunda mazkur hududda asfaltlash ishlari olib borilmoqda.

❇️ Kengash qarorlarida belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 7