35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Amudaryo tumani hokimligidagi muloqotdan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari, Kotibiyat mudiri M.Urazbayev hamda partiya ishchi guruhi a’zolari bilan o‘rganishlari tuman tibbiyot birlashmasida davom etdi.
️Birlashma tarkibidagi tibbiyot muassasasi 421 o‘ringa mo‘ljallangan. Bu yerda bemorlarning salomatligini tiklashga xizmat qiluvchi 36 o‘rinli xo‘jalik hisobidagi reabilitatsiya bo‘limi ham faoliyat yuritmoqda.

Tumanda umumiy qabul quvvati 1 455 nafarni tashkil etuvchi 14 ta ambulatoriya-poliklinika muassasasi aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Bular — bitta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 9 ta oilaviy poliklinika va 4 ta oilaviy shifokor punkti. Shuningdek, 11 ta mahalla tibbiyot punkti faoliyati haqida ham ma’lumot olindi.

O‘rganish davomida soha mas’ullari va tibbiyot xodimlarining takliflarini tinglab, birlamchi tibbiy xizmatni kuchaytirish, aholiga yordamni o‘z vaqtida yetkazish va profilaktika ishlarini samarali tashkil etish masalalarini muhokama qilindi..

Hududdagi o‘rganishlar davom etmoqda
Slide 1 of 3