35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

🔰Tibbiy xizmat sifati – deputatlar e’tiborida

🔰Tibbiy xizmat sifati – deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I.Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Norov hamkorligida 21-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va bepul berilishi belgilangan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
✔️O‘rganish jarayonida fuqarolarga tibbiy xizmatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatish, zarur dori vositalari bilan ta’minlash, shuningdek, aholi murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Mas’ul xodimlarga tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, aholi uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda bepul dori vositalari bilan ta’minlashda belgilangan tartiblarga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✔️Aholi salomatligini muhofaza qilish va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 3