35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

OCHIQ BUDJET: QOZIROBOD MAHALLASIDAGI 138-MAKTAB UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI

📢 Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi III-24-79-14-204-K/26-son qarori bilan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 2026-yilning 2-mavsumida “G‘olib” deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratildi.
📍 Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Qozirobod MFY, 138-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi.
💰 Ajratilgan mablag‘: 1 milliard 648 million so‘m.
🏗 Loyiha doirasida quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-393-son qaroriga muvofiq Jasorat sinflari uchun amaliy mashg‘ulotlar maydonlarini tashkil etish;
🔹 To‘siqlar yo‘lagi, saf maydoni va tirxona barpo etish;
🔹 Rezinali yugurish yo‘lakchasini o‘rnatish;
🔹 Maktab hududidagi yashil maydonlarni muntazam sug‘orish maqsadida 1000 metr uzunlikdagi sug‘orish tizimini o‘rnatish;
🔹 Maktab hojatxonalaridagi kabinalarni HPL panellariga almashtirish;
🔹 Amaliy mashg‘ulotlar maydonlarini belgilangan normativlar asosida qurish va obodonlashtirish.
🎯 Loyihaning asosiy maqsadi — o‘quvchilar uchun zamonaviy, xavfsiz va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishga mos sharoit yaratish, maktab infratuzilmasini yaxshilash hamda hududni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini rivojlantirishdan iborat.
🤝 Mazkur loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar maktab o‘quvchilari va pedagoglari uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.