📍 Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan hududdagi oilalarning ijtimoiy va maishiy sharoitlarini o‘rganish maqsadida xonadonlarga tashrif buyurildi.
🔎 O‘rganish davomida fuqarolarning kundalik sharoiti, mavjud muammolari, ehtiyojlari hamda ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan bevosita suhbatlar o‘tkazildi.
♨️ Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va isitish tizimi holati yuzasidan ham fikr almashildi. Fuqarolar tomonidan isitish tizimini mas’ullar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.
🤝 Deputat tomonidan mazkur jarayonning sifatli yakunlanishi, aniqlangan muammolarning o‘z vaqtida bartaraf etilishi va aholi murojaatlari nazoratga olinishi ta'kidlandi.