35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

🏫280-SONLI MAKTABNING MODDIY-TEXNIKA BAZASI RIVOJLANTIRILADI

G‘ULISTON MAHALLASIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISHGA QARATILGAN MUHIM QADAM

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi III-24-79-14-204-K/26-sonli qarori asosida Chilonzor tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 2026-yilning 2-mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish choralari ko‘rilmoqda.

Mazkur qarorga muvofiq, Toshkent shahri Chilonzor tumani Guliston MFY hududida joylashgan 280-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish uchun 824 000,0 ming so‘m (824 million so‘m) mablag‘ ajratildi.

📌 Loyiha haqida:
Manzil: Guliston MFY, Chilonzor tumani
Tashkilot: 280-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Loyiha yo‘nalishi: Maktabning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish
Ajratilgan mablag‘: 824 000,0 ming so‘m
Mas’ul tashkilot: Chilonzor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi
Moliyalashtirish manbasi: “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”
Ushbu mablag‘larning ajratilishi maktabning moddiy-texnik imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim oluvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish hamda o‘quv jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Ta’limga yo‘naltirilgan har bir mablag‘ — kelajak avlod rivojiga kiritilgan muhim sarmoyadir!