Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi o‘rganildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan “Kim Pen Xva” mahallasida joylashgan 53-sonli oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.
🩺 O‘rganish davomida poliklinikaga murojaat qilayotgan fuqarolarga tibbiy yordamning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiyot xodimlarining faoliyati hamda aholining murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.
💉Fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning tibbiy xizmatlardan foydalanish jarayonidagi fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda fuqarolarga qulay shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish tavsiya etildi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!