35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Kengash_faoliyati

#Deputatlik_faoliyati
#Kotibiyat_bosh_mutaxassis
#24_ta_masala
#Okrugda_o‘rganish

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Limonzor" mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati tahlil qilindi

✅Bandixon tumanida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda oilaviy munosabatlarni mustahkamlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 17-Limonzor saylov okrugi deputati S.Shaydilovga biriktirilgan Kengash bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Limonzor" MFYda bo‘lib, Xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi.

✅Tashrif davomida mahallada xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga ko‘maklashish, xonadonbay va individual ishlash orqali oilaviy ajrim hamda nizolarning barvaqt oldini olish choralari atroflicha ko‘rib chiqildi.

✅Shuningdek, "Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar samaradorligi tahlil qilinib, soha mas’uliga faoliyat natijadorligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3