35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

DEPUTATLAR FAOLIYATI — ANIQ NATIJALARDA!

Bo‘zatov tumanida xalq deputatlari tomonidan hududlarda aholi bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi, 13-sonli "Poriltov" saylov okrugidan deputat K.Bisenovning deputatlik faoliyati doirasida “Porlitov” ovuliga olib boruvchi ko‘prik bilan bog‘liq muammo o‘rganilib, uni ta’mirlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Natijada aholi uchun muhim bo‘lgan mazkur ko‘prik ta’mirlanib, ovullar o‘rtasidagi harakatlanish yanada qulaylashtirildi.

Bu kabi amaliy ishlar deputatlar faoliyatining asosiy maqsadi — aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda hal etish va aniq natijaga erishish ekanini ko‘rsatmoqda.