Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputati I. Azimov tomonidan Umar mahallasida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida mahalla aholisi bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Xususan, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish kabi masalalar yuzasidan fuqarolarning fikr-mulohazalari o‘rganildi.
Bildirilgan murojaat va takliflar mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Murojaatlarni mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirish hamda ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish belgilab olindi.