Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-445-son talablari ijrosini ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rganish maqsadida tuman Kengashi raisi A. Zikiryayev tomonidan tegishli o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, murojaat etuvchilarga o‘z vaqtida hamda asoslantirilgan javob berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolarni chuqur o‘rganish, ularni hal etishda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va murojaatlarning ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.
O‘rganish yakuni bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.